Yoqilg‘i sarfini kamaytirish bo‘yicha 8 foydali maslahat
Benzin narxlari oshib borayotgan bir paytda, yoqilg‘iga tejalgan har bir litr muhim ahamiyatga ega. Quyidagi birlamchi ishlarni kundalik odatlarga tatbiq etish orqali siz avtomobilingizni tejamkorroq qilishingiz, texnik nosozliklarni kamaytirishingiz mumkin.
Haydashdan oldin:
Shinalar bosimini tekshirib turing.
Past bosimli shinalar qarshilikni oshiradi va ko‘proq yoqilg‘i sarflanishiga sabab bo‘ladi.
Ortiqcha yuklardan qutuling.
Og‘ir yuklar dvigatelni zo‘riqtirib, yoqilg‘i sarfini oshiradi. Faqat kerakli narsalarni olib yuring.
Ishlamasdan turishni oldini oling.
Dvigatel ishlayotgan holatda mashina to‘xtab tursa ham yonilg’i sarflanadi. Kutishga to‘g‘ri kelsa, dvigatelni o‘chirib qo‘ying.
Texnik xizmat jadvaliga amal qiling.
Muddati o‘tgan yog‘ yoki ishlamayotgan shamlar yoqilg‘i sarfini oshiradi. Tez-tez servisga boring.
Haydash paytida:
Tezlikni barqaror ushlang.
Tez-tez to‘xtab harakat qilish yoki tez sur’at bilan haydash ko‘proq benzin sarflaydi.
O‘rtacha tezlikda yuring.
Eng tejamkor tezlik – soatiga 90–105 km. Bu oraliqda harakat qilish dvigatelga yengil tushadi.
Yo‘lingizni oldindan rejalang.
Tirbandliklar va to‘xtovlar yoqilg‘i sarfini oshiradi. Yo‘lga chiqishdan oldin xaritadan eng qulay yo‘lni tanlang.
Imkon bo‘lsa, mashinani kamroq haydang.
Yaqin joylarga piyoda yoki velosipedda boring, jamoat transportidan foydalaning. Bu nafaqat yoqilg‘iga, balki sog‘lig‘ingizga ham foydali.
Shinalar yoqilg’i tejamkorligida muhim rol o’ynaydi. Bizning ASKO do‘konlarimizda siz mashinangiz uchun mos, sifatli shinalarni topishingiz mumkin. ASKO haqida ko’proq bilib olish uchun quyidagi ma’lumotnomani to’ldiring.