ASKO blogi

Qishki shinalarda yozda yurish – mashinangizga zararli ekanini bilasizmi?

Ko‘pchilik haydovchilar qishki shinalarni yozgacha almashtirmay yurishda davom etadi. “Yaxshisi, qo‘shimcha xarajat qilmayman”, deb o‘ylashadi. Lekin bu qaror mashinangizga ko‘proq zarar yetkazadi va oxir-oqibat ko‘proq pul sarflashga olib keladi.

Nega yozda qishki shinalarda yurish tavsiya etilmaydi?

1. Tez yeyiladigan protektor:

Qishki shinalar yumshoq kauchukdan yasalgan bo‘ladi. Issiq asfalt bu materialni tez eritadi – natijada shinangiz 2–3 baravar tezroq eskiradi.

2. Yo‘lga yomon yopishish:

Yozgi haroratda qishki shinadagi protektor shakli yaxshi ishlamaydi. Bu – tormoz yo‘li uzunroq, burilishda sirpanish ehtimoli yuqori degani.

3. Yoqilg‘i sarfining oshishi:

Qishki shinalar yo‘l bilan ko‘proq ishqalanadi, natijada dvigatel ko‘proq kuch sarflaydi. Bu esa benzin hisobingizga salbiy ta’sir qiladi.

4. Xavfsizlik pasayadi:

Yumshoq, tez qizib ketadigan shina bilan harakat qilish – ayniqsa, uzoq safarlarda yoki yirik shahar harakatida – haydovchi va yo‘lovchilar hayotiga xavf tug‘diradi.

Xulosa:

Qishki shinalar sovuq havoda a’lo ishlaydi, yozgi haroratda esa xavf tug‘diradi. O‘z vaqtida shina almashtirish – bu nafaqat mashinangiz, balki o‘zingizning xavfsizligingiz uchun ham muhim! Yozgi shinalarni ASKO do’konlarimizdan harid qiling, ASKO haqida ko‘proq bilib olish uchun ma’lumotnomani to’ldiring va xodimlarimiz o‘zlari sizga aloqaga chiqishadi.