Ko‘chalarda katta tezlikda ketayotib, birdan “qars” etgan ovoz eshitasiz. Mashina ozroq silkinsa-da, yurishda davom etadi. “Hech narsa bo‘lmadi shekilli”, deysiz. Ammo oradan bir necha soat o‘tib, g‘ildiragingiz biroz pastlab qoladi, rul yengil chayqaladi yoki tormoz biroz g‘alati ishlay boshlaydi. Bu chuqurlikka urilishning klassik oqibatlari.
Shunday holatda nima qilish kerak?
Quyida ketma-ketlik asosida amaliy maslahatlar beramiz.
1. Darhol tekshiring: To‘xtab, kuzating
Agar holat xavfsiz bo‘lsa, to‘xtang va mashinani ko‘zdan kechiring. E’tibor bering:
Shina: Yorilish, bo‘rtib chiqish yoki bosimi pasayganmi?
Disk: Egilganmi, yoriq bormi?
Rul: Yurishda chayqalish bormi?
Tormoz: Tovush yoki sekinlashishda o‘zgarish sezildimi?
Agar shikast sezsangiz, zaxira g‘ildirakni almashtiring yoki eng yaqin texnik xizmatgacha sekin harakatlaning.
2. Hissiyotlaringizga emas, mashinangizga e’tibor bering
Ko‘pchilik haydovchilar chuqurga tushgach, “yaxshi ketayotganmidi, endi ko‘chani qarang…” deb asabiylashadi. Ammo muhim narsa bu emas — mashina qanday reaktsiya berdi, shuni tahlil qilish kerak.
Agar siz rulda "silliqlik" yo‘qolgandek sezsangiz yoki boshqaruvda g‘alati o‘zgarishlar bo‘lsa, ehtimol, suspensiya yoki g‘ildirak o‘qi zarba olgan bo‘lishi mumkin.
3. Servisga boring: “Balki o‘tib ketar” – xatodir
Ko‘pchilik haydovchilar "biror narsa bo‘lsa, o‘zi sezilarli bo‘ladi" deb o‘ylaydi. Ammo chuqur zararlarining ba’zilari sekin namoyon bo‘ladi, va oxir-oqibat katta xarajatlarga olib keladi.
Shuning uchun:
Shinalar bosimini tekshirtiring
Balansirovka va razvalni tekshirtiring
Amortizator, tormoz, va o‘qlarni mutaxassis ko‘zdan kechirsin
Bu qisqa tekshiruvlar sizni keyinchalik millionlab xarajatlardan saqlashi mumkin.
4. Oldini olish: Profilaktika — eng yaxshi strategiya
Masofani saqlang, oldingizdagi mashina yo‘l holatini yashiradi.
Tungi yurishlarda faralaringizni toza tuting.
Shina bosimini muntazam tekshirib turing, to‘liq puflanmagan shinalar chuqurlikka ko‘proq zarar ko‘radi.
Xulosa
Ko‘chada chuqurliklar har doim bo‘ladi, ayniqsa bizda. Buni o‘zgartira olmasak ham, reaksiyamizni nazorat qilishimiz mumkin. Chuqurga tushganingizda, e’tiborsizlik qilmasdan darhol amaliy choralar ko‘rsangiz, mashinangizning umrini uzaytirasiz va o‘zingizni ortiqcha xarajatlardan himoya qilasiz.
Agar bizdan yangi shinalar olsangiz, ASKO texnik xizmat markazlarida bepul diagnostika imkoniyatlaridan foydalaning. Har doim birinchi bo‘lib o‘z xavfsizligingizni o‘ylang. ASKO haqida ko'proq bilib olish uchun quyidagi ma'lumotnomani to'ldiring va operatorlarimiz o'zlari sizga aloqaga chiqishadi.