Uzoq masofaga avtomobil boshqarish nafaqat haydovchidan diqqat va tayyorgarlik talab qiladi, balki mashinaning texnik holati ham safarlarda katta ahamiyatga ega. Yo‘lga chiqishdan avval avtomobilingizni to‘liq ko‘rikdan o‘tkazish orqali nafaqat o‘zingizni, balki yo‘lovchilaringizni ham xavfsiz va qulay safar bilan ta’minlaysiz. Quyida uzoq yo'l oldidan tekshirib chiqilishi lozim bo‘lgan asosiy jihatlar bilan tanishing.
1. Asosiy texnik tekshiruvlar
Shinalar holati
Barcha shinalar, jumladan zaxira shinaning bosimi va holatini tekshirib chiqing. Eskirgan yoki yoriq shinalar uzoq safarda xavf keltirib chiqarishi mumkin. Shinalar ichki bosimi avtomobil ishlab chiqaruvchisi tomonidan belgilangan me’yorga mos bo‘lishi kerak.
Motor moyi
Yog‘ darajasi va sifati dvigatel ishlashi uchun juda muhim. Eskirgan yoki yetarli bo‘lmagan yog‘ motorga zarar yetkazishi mumkin. Agar oxirgi marta yog‘ almashtirilganiga ancha bo‘lgan bo‘lsa safardan oldin yangilashni tavsiya qilamiz.
Sovutish tizimi
Radiatorda yetarli antifriz mavjudligini tekshiring. Issiq ob-havo yoki uzun yo‘llarda dvigatel qizib ketmasligi uchun bu juda muhim hisoblanadi.
Tormoz tizimi
Tormoz suyuqligi darajasi va tormozlar samaradorligini sinab ko‘ring. Tormoz tizimidagi nosozlik keyinchalik jiddiy halokatlarga sabab bo'lmasligi kerak.
Akkumulyator
Batareyani tekshiruvdan o‘tkazing. Uzoq yo‘lda dvigatelning to‘satdan ishlamay qolishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun zaryad darajasi va kontaktlarning tozaligiga e’tibor berish lozim.
Chiroqlar va signal tizimi
Barcha faralar, to‘xtash chiroqlari va burilish signallarining ishlashini tekshirib chiqing. Kechki payt yoki yomg‘irli havoda ular orqali yo'lda chalg'imay keta olasiz.
Shlanglar va kamarlar
Dvigatel ichidagi kamar va shlanglarda yoriq yoki bo‘shashgan joylar yo‘qligiga ishonch hosil qiling.
Shamollatish va konditsioner
Uzoq safar davomida mashina salonidagi havo aylanishi va sovitish tizimi haydovchi e’tiborini jamlashda katta ahamiyatga ega.
2. Qo‘shimcha tayyorgarlik ro‘yxati
Muhim hujjatlar
Haydovchilik guvohnomasi, avtomobilning texnik pasporti va sug‘urta hujjatlari yoningizda bo‘lishi shart.
Zaxira jihozlar
Zaxira g‘ildirak, domkrat, kalitlar va boshqa zarur asbob-uskunalarni mashinada saqlang.
Favqulodda holatlar to‘plami
Yong‘in o‘chirgich, birinchi yordam qutisi va fonar ham fors-major holatlar uchun oldingizda bo'lgani yaxshi.
Yonilg‘i darajasi
Yo‘lga chiqishdan oldin yoqilg‘i bakini to‘ldirib oling. Ayniqsa uzoq va chekka hududlarga ketayotgan bo‘lsangiz yonilg‘i quyish shoxobchalariga ko'p ham to'g'ri kelmasligingiz mumkin.
Xulosa
Uzoq masofali safarlarga avtomobilni to‘g‘ri tayyorlash sayohatingizni xavfsiz va yengil o‘tkazishning kalitidir. ASKO sizga yo‘ldagi ishonchli hamkorlikni taklif etadi – bizda istalgan yo‘l sharoiti uchun sifatli, mustahkam va zamonaviy shinalar va akkumulyatorlar mavjud. Biz haqimizda ko'proq bilib olish uchun ma'lumotnomani to'ldiring va xodimlarimiz siz bilan bog'lanishadi.