Omadli Xarid Aksiyasi-Shina xarid qilib Damas yutib oling
Omadli xarid aksiyasi Ommaviy ofertasi
ASKO do‘konlarida “OMADLI XARID” aksiyasini o‘tkazish tartibi to‘g‘risida
OMMAVIY OFERTA
1. UMUMIY TARTIB
1.1. Ushbu tartib O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi asosida ishlab chiqilgan va «OMADLI XARID» aksiyasining (keyinchalik – Aksiya) o‘tkazish tartibi va shartlarini, hamda g‘olibni aniqlash va sovrinni topshirish tartibini aniqlaydi.
1.2. Mazkur Aksiyaning tashkilotchisi “ABABIN” MCHJ O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq tashkil etilgan va o‘z faoliyatini yuritadi (keyingi o‘rinlarda - Tashkilotchi).
1.3. Mazkur oferta shartnomaning barcha muhim shartlarini o‘z ichiga oladi va O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksining 367-moddasiga va 369-moddasining ikkinchi qismiga (keyingi o‘rinlarda - O‘zR FK) muvofiq ommaviy oferta hisoblanadi. Mazkur ofertada qatnashish shartlari, g‘olibni aniqlash va sovrinni topshirish tartibi, shuningdek Tashkilotchi tomonidan tashkillashtirilgan « OMADLI XARID» aksiyasini tashkil qilish va o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan boshqa shartlar bayon etilgan.
1.4. Aksiya lotereya yoki boshqa tavakkalga asoslangan o‘yin turi emas va ishtirokchilar Aksiyada ishtirok etish bilan bog‘liq bo‘lgan mulkni xavfga qo‘yuvchi omillardan holidirlar.
1.5. Aksiya ishtirokchisi deb – muomala layoqatiga ega, 18 yoshga to‘lgan, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lgan, ushbu ofertada ko‘rsatilgan harakatlarni bajargan jismoniy shaxs hisoblanadi (keyinchalik Ishtirokchi).
1.6. Aksiyani o‘tkazish hududi – O‘zbekiston Respublikasi bo‘ylab “ASKO” brendi ostida faoliyat yurituvchi savdo obyektlarida amal qiladi.
1.7. Aksiya o‘tkazilish davri: 2025-yil 15-avgustdan 2025-yil 15-oktyabrgacha jami 1 ta bosqichda bo‘lib o‘tadi;
1.8. Aksiya muddati tugab, aksiya g‘olibi aniqlangandan so‘ng, g‘olib tomonidan 10 (o‘n) kalendar kun ichida Tashkilotchiga quyidagi hujjatlar taqdim qilinishi kerak: pasport yoki ID karta.
1.9. Sovrinni tantanali topshirish, g‘olib tomonidan ushbu ommaviy ofertaning 1.8. bandida nazarda tutilgan hujjatlar taqdim qilingandan so‘ng, avtomobilni rasmiylashtirish ishlari yakunlangandan keyin, 10 (o‘n) kalendar kun ichida amalga oshiriladi. Sovrinni topshirilish muddati, sovrinni topshirish bilan bog‘liq, avtomobilni hujjatlarini rasmiylashtirish bilan bog‘liq, ko‘zda tutilmagan holatlar/muammolar yuz bergan taqdirda, o‘zgaradi.
1.10. Tashkilotchi Aksiya shartlariga o‘zgartirish kiritish huquqini ushbu o‘zgartirishlarni ofertaning 6.16. bandida ko‘rsatilgan yo‘l bilan e’lon qilish majburiyati bilan o‘zida saqlab qoladi.
1.11. Ofertani qabul qilish – Aksiya bo‘yicha “ASKO” brendi ostida faoliyat yurituvchi savdo do‘konlaridan 4 (to‘rt) dona Yallama yoki Didar shinasini xarid qilganligi va xarid paytida mijozlar bazasini shakllantirish uchun kerakli ma’lumotlarni (mijozning familiyasi ismi va sharifi, telefon raqami, tug’ilgan kuni, avtomobil rusumi) taqdim etish orqali Aksiya ishtirokchisi ekanligini tasdiqlaydi. Aksiya shartlarining bajarilishi, ommaviy oferta shartlarini so‘zsiz qabul qilinishi hisoblanadi. Ushbu ofertaning amal qilish muddati quyida 1.7. bandda ko‘rsatilgan Aksiya o‘tkazish davriga to‘g‘ri keladi.
2. AKSIYANING SOVRIN FONDI
2.1. Aksiyaning umumiy sovrin fondi quyidagi sovrinni o‘z ichiga oladi:
· Chevrolet Damas avtomashinasi – 1 (bir) dona;
· Diska – 2 (ikki) dona;
· Antiradar – 5 (besh) dona;
· Akkumulyator – 15 (o'n besh) dona;
2.2. Tashkilotchining sovrin topshirish bo‘yicha mas’uliyati yuqoridagi sovrin soni bilan chegaralangan.
2.3. Aksiya sovrini Tashkilotchi hisobidan shakllantiriladi.
3. AKSIYANI O‘TKAZISH TARTIBI VA SHARTLARI
3.1. Aksiya ishtirokchisiga aylanish uchun 2025-yil 1-sentyabrdan 2025-yil 31-oktyabrgacha bo‘lgan davr ichida quyidagi harakatlarni amalga oshirish kerak:
· “ASKO” brendi ostida faoliyat yurituvchi savdo do‘konlaridan 4 (to‘rt) dona Didar yoki Yallama shinasini xarid qilish;
· Xarid qilingan mahsulotni qaytarmaslik va boshqa turdagisiga almashtirmaslik.
3.2. “ASKO” brendi ostida faoliyat yurituvchi savdo do‘konlari ishchilari va ularning yaqin qarindoshlari Aksiyada ishtirok etishi taqiqlanadi.
3.3. Har bir ishtirokchi o‘ziga qulay yo‘l bilan, mustaqil ravishda Aksiya shartlari, Aksiya sovrindorini aniqlash vaqti bilan bog‘liq ma’lumotlar bilan tanishishi mumkin.
4. AKSIYA G‘OLIBINI ANIQLASH TARTIBI
4.1. Sovrindor aksiya o‘tkazilishi davrida ofertaning 3.1. banddagi shartlarni bajargan ishtirokchilar orasidan aniqlanadi. G‘olibni aniqlash sanasi 1-noyabr kuni soat 18:00 da “ASKO” brendi ostida faoliyat yurituvchi Sergeli 1 savdo do‘konida bo‘lib o‘tadi va ushbu jarayon jonli tarzda @askouzbekistan Instagram va Youtube kanallarida efirga uzatiladi.
4.2. Barcha Aksiya ishtirokchilari ushbu Ofertada shartlariga roziligini, shuningdek shaxsiy ma’lumotlari (familiyasi, ismi, foto surati) Tashkilotchi tomonidan reklama maqsadida, shuningdek Ijtimoiy tarmoqlarda joylashtirilishiga roziligini bildiradi.
4.3. Sovrindorni aniqlash jarayoni boshlanishidan avval sovrin fondini o‘ynash natijalarini oldindan bilish imkonini beradigan jarayon va algoritmlar qo‘llanilmaydi.
4.4. Sovrin fondini o‘ynash uchun Tashkilotchi tomonidan ichki buyruq asosida Aksiyada ishtirok etmagan mijozlar ro‘yxatidan yoki boshqa bir fuqarolardan, kamida 3 (uch) kishidan iborat Nazorat Komissiyasi tuziladi.
Komissiya majburiyatlariga quyidagilar kiradi:
- Sovrin fondini o‘ynash jarayonini tashkillashtirishga tayyorgarlikni nazorat qilish;
- Aksiya ishtirokchilarining yakuniy ro‘yxatini tasdiqlash;
- Aksiya ishtirokchisi tomonidan Aksiya shartlari buzilgan taqdirda uni ishtirokchilar ro‘yxatidan chiqarish haqida qaror qabul qilish;
- Aksiya shartlariga o‘zgartirishlar kiritilishi haqida takliflar kiritish;
- Favqulodda vaziyat yuzaga kelish natijasida Aksiyani to‘xtatib turish yoki yakunlash to‘g‘risida qaror qabul qilish;
- Tashkilotchi talabiga binoan Aksiya o‘tkazish davrida tug‘ilgan dolzarb masalalarni hal etish;
- Tartib asosida Aksiya sovrinli o‘yinini o‘tkazish;
- Tegishli bayonnoma tuzish yo‘li bilan Aksiya o‘tkazilish natijalarini tasdiqlash va sovrin fondi g‘olibini aniqlash;
4.5. Komissiya yig‘ilishi ko‘pchilik a’zolari yig‘ilgandagina vakolatli hisoblanadi.
4.6. Sovrin fondini o‘ynash Random dasturi orqali, ya’ni tasodifiy tarzda amalga oshiriladi. “Random” dasturiga ishtirokchilar telefon raqami kiritiladi va dastur ishtirokchilar orasidan tasodifiy tarzda g‘olibni tanlaydi va ushbu tanlangan telefon raqami egasi bo‘lgan mijoz Aksiya g‘olibi hisoblanadi.
4.7. Mijoz aksiya davrida qilgan xaridini aksiya g‘olibini aniqlash kunigacha bekor qilish holati kuzatilsa, ya’ni xarid qilgan mahsulotini qaytarib bergan bo‘lsa avtomatik tarzda Aksiya ishtirokchilari ro‘yxatidan chiqarib yuboriladi.
4.8. Sovrin fondini o‘ynash natijalariga ko‘ra Komissiya tomonidan bayonnoma tuziladi va unda Aksiya g‘olib haqida kerakli ma’lumotlar ko‘rsatiladi. Bayonnomaga sovrinli o‘yinni o‘tkazish bo‘yicha Komissiya Raisi va yig‘ilishida qatnashayotgan komissiya a’zolari tomonidan imzo chekiladi va Tashkilotchida saqlanadi.
4.9. Bayonnomada quyidagilar aks ettiriladi:
4.9.1. Sovrin fondi o‘ynalgan joy va vaqt;
4.9.2. Sovrinli o‘yinni o‘tkazish bo‘yicha Komissiya tarkibi haqida ma’lumot;
4.9.3. Sovrinli o‘yinning natijalari, yutilgan sovrin va Aksiya g‘olibi haqida ma’lumotlar.
4.10. Sovrinli o‘yin yakunlanganidan so‘ng o‘yin natijalari va g‘olib tanlanganligi haqida, g‘olib bo‘lgan mijoz telefon raqamga qo‘ng‘iroq qilish yoki SMS xabar yuborish yo‘l bilan e’lon qilinadi.
4.11. Sovrinli o‘yin yakunlanganidan so‘ng aksiya g‘olibi mazkur ofertaning 5.2 bandi talablarini buzsa yoki shartnoma majburiyatlarini bajarishdan bo‘yin tovlasa, Tashkilotchi tomonidan g‘olib maqomini bekor qilishga olib keladi.
5. SOVRINNI OLISH TARTIBI VA VAQTI
5.1. G‘olibga sovrinni topshirish tantanali taqdirlash marosimida amalga oshiriladi.
5.2. G‘olib sovrin ko‘rinishida olgan daromadi uchun Jismoniy shaxslarning mulkning qiymatidan olinadigan daromad solig‘ini shuningdek amaldagi O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lash majburiyatini oladi. Daromad solig‘i summasi aksiya g‘olibi aniqlangandan so‘ng, g‘olib tomonidan 10 (o‘n) kalendar kun ichida Tashkilotchining hisob raqamiga to‘lanadi.
5.3. Aksiyaning sovrin fondidagi 1 dona Chevrolet Damas avtomobili Tashkilotchining logotipi tushirilgan, maxsus bezatilgan holatda taqdim etiladi. Sovrinni yutgan g‘olib avtomobildagi maxsus bezaklarni va yopishtirilgan logotiplarni kamida olti oy muddatda ko‘chirmaslik va/yoki qayta jihozlash yoki ehtiyotsizlik natijasida shikast yetkazmaslik sharti bilan qabul qiladi. Shuningdek, bu haqida yozma shaklda sovrin g‘olibidan bildirishnoma olinadi. Tashkilotchi tomonidan Chevrolet Damas brendiga tushirilgan reklama bo‘yicha kerakli ruhsatnoma hujjatini qilib beradi.
5.4. Sovrinni olishda g‘olib pasport yoki shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjat taqdim etishi kerak.
5.5. Aksiya ishtirokchisi sovrinni olish uchun ofertada ko‘rsatilgan barcha talablarni amalga oshirishi shart.
5.6. Tashkilotchining Aksiya sovrinlarini topshirish bo‘yicha majburiyatlari Aksiya Ishtirokchisiga unga tegishli bo‘lgan sovrinni Topshirish – qabul qilish dalolatnomasi asosida topshirganidan so‘ng lozim darajada bajarilgan hisoblanadi.
5.7. Sovrinni qabul qilishda g‘olib ishtirokchi o‘z qo‘li bilan sovrinni olganligi haqida ma’lumotnoma to‘ldiradi: familiya ismi sharifini to‘liq ko‘rsatadi, imzo chekadi va ko‘rsatilgan hujjatning barcha kerakli bandlarini to‘ldiradi. Sovrinni g‘olib ishtirokchiga Topshirish – qabul qilish dalolatnomasi asosida topshirilgan paytdan boshlab, g‘olib ishtirokchi ushbu sovrinning tasodifan nobud bo‘lish yoki buzilish xavfini o‘z bo‘yniga oladi.
5.8. Sovrinni g‘olibga tantanali topshirish marosimi Ijtimoiy tarmoqlar orqali yoritiladi.
5.9. Aksiya yakuni bo‘yicha aniqlangan g‘olib ishtirokchi, Ommaviy ofertada ko‘rsatilgan shartlarni to‘liq va belgilangan muddatda bajarmaganda, daromad solig‘i summasini Tashkilotchi hisob raqamiga ushbu ommaviy ofertaning 5.2. bandida ko‘rsatilgan muddatda to‘lamaganda, yoki g‘olibni o‘zini aybi bilan, g‘olib e’lon qilingandan paytdan boshlab sovrinni 30 (o‘ttiz) kalendar kun ichida olib ketmaganda, Aksiyada o‘ynalgan sovrin boshqa ishtirokchi mijozlar o‘rtasida qayta o‘ynaladi.
5.10. Aksiya sovrinining sifati bo‘yicha da’volar g‘olib tomonidan to‘g‘ridan to‘g‘ri ushbu sovrinni ishlab chiqaruvchisiga taqdim etiladi. Aksiya g‘olibiga sovrin sifati bilan bog‘liq ishlab chiqaruvchi tomonidan berilgan kafolat taqdim etiladi.
5.11. Aksiya sovrinining butligi va iste’molga yaroqliligi Aksiya g‘olibi tomonidan sovrinni qabul qilib olishda paytida tekshirilishi kerak.
5.12. Aksiya sovrinining tashqi ko‘rinishi televizion roliklar va reklama materiallaridagidan tashqi ko‘rinish jihatidan farq qilishi mumkin.
5.13. Aksiya sovrini, Aksiya g‘olibiga topshirilganidan so‘ng, sovringa yetkazilishi mumkin bo‘lgan har qanday shikastlar uchun Tashkilotchi javobgar hisoblanmaydi.
5.14. Sovrin g‘olibga shaxsan topshiriladi. Aksiya g‘olibi uni g‘olib deb e’lon qilinganidan keyin kelib chiqqan huquq va majburiyatlarini to‘liq yoki qisman uchinchi shaxslarga topshirishi mumkin emas.
6. YAKUNIY QOIDALAR
6.1. Sovrin ekvivalent qiymatda naqd pul shaklida to‘lanmaydi yoki boshqa tovarga almashtirib berilmaydi, shuningdek to‘lov uchun qabul qilinmaydi.
6.2. G‘olibni aniqlash yoki Sovrinni olish bilan bog‘liq huquq va majburiyatlarini g‘olib uchinchi shaxslarga berish huquqiga ega emas.
6.3. Aksiya g‘olibi, sovrinni rasmiylashtirish jarayonida aniqlangan va rasmiylashtirish jarayoniga to‘sqinlik qilayotgan o‘zining yaqqol va yashirin chiqimlarini o‘z bo‘yniga oladi va tez muddatda to‘laydi.
6.4. Aksiyada ishtirok etish ishtirokchining oferta bilan tanishib chiqqanini va to‘liq roziligini bildiradi.
6.5. “Aksiya g‘olibi” deb tan olingan ishtirokchi avtomatik tarzda, qo‘shimcha kelishuvlarsiz Tashkilotchiga va/yoki uning vakolatli vakiliga o‘z familiyasi, ismi, otasining ismi, fotosuratini ochiq e’lon qilishga, shuningdek reklama maqsadida Aksiyada ishtiroki haqida reklama intervyusini berishga, shu jumladan radio, televideniye va boshqa OAVlarda tarqatish uchun video va foto suratga olish huquqini hech qanday vaqt, hudud cheklovlarisiz va qo‘shimcha moliyaviy rag‘batlantirishsiz taqdim etadi va rozilik beradi.
6.6. Tashkilotchi Aksiya sovrinini olish uchun kerak bo‘lgan, ofertada belgilangan ma’lumotlarni Ishtirokchi tomonidan o‘z vaqtida va aniqlik bilan yetkazilmagani uchun javobgar emas.
6.7. Aksiya g‘olibiga aylangan ishtirokchi tomonidan oferta o‘z vaqtida va to‘liq o‘qimaganligi Tashkilotchiga tegishli sovrinni olish uchun kerakli hujjatlarni yetkazishda talab va muhlatlarni buzilishiga, belgilangan majburiyatlarni bajarmaslikka sabab bo‘la olmaydi.
6.8. G‘olib tomonidan oferta qoidalarini buzilganda, sovrinni rasmiylashtirish uchun kerakli hujjatlarni Tashkilotchiga yetkazish muddatlariga rioya qilmaganda yoki ularni umuman taqdim etmaganda, Tashkilotchi, sovrinni g‘olibga bermaslik huquqini o‘zida saqlab qoladi.
6.9. Aksiya Ishtirokchilari tomonidan Aksiya Tartibini bajarish vaqtida Tashkilotchi yoki uning vakolatli vakillari ishtirokchilarning Aksiyada ishtirok etish vaqtida taqdim qilingan shaxsiy ma’lumotlarini Aksiyani o‘tkazish uchun zarur yo‘llar bilan qayta ishlash, shu jumladan ko‘rsatilgan ma’lumotlarni sovrinni g‘olibga topshirilganini tasdiqlash maqsadlarida va ishtirokchilar bilan shaxsiy muloqot o‘rnatish maqsadida qo‘llash huquqiga egadirlar.
6.10. Ishtirokchilarning shaxsiy ma’lumotlari faqat Tashkilotchilar tomonidan Aksiya bilan bog‘liq maqsadlarda ishlatiladi va Aksiyaga aloqasi bo‘lmagan maqsadlarda, hamda uchinchi shaxslarga ishlatish uchun taqdim etilmaydi.
6.11. Ishtirokchilar tomonidan Aksiya vaqtida taqdim etilgan ma’lumotlarga nisbatan Tashkilotchi va uning vakolatli vakillari tomonidan maxfiylik rejimi qo‘llaniladi va shaxsiy ma’lumotlarning xavfsizligi ta’minlanadi.
6.12. Barcha Ishtirokchilar Aksiyada ishtirok etish bilan bog‘liq bo‘lgan barcha chiqimlarni (shu jumladan cheklovlarsiz chiqimlar, Internet tarmog‘iga kirish bilan, uyali aloqa bilan bog‘liq, hamda transport chiqimlari) to‘liq o‘z zimmalariga oladilar.
6.13. Tashkilotchi o‘z xohishiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq tarzda hamda oferta asosida ishtirok etish haqidagi barcha arizalarni bekor qilishi, shuningdek istalgan shaxsga Aksiya o‘tkazilish vaqtida tartibni buzganligi uchun, buzg‘unchi tartibda harakatlar qilgani uchun, Aksiya bilan bog‘liq biron shaxsni bezovta qilish, haqorat qilish, tahdid solish bilan bog‘liq harakatlar uchun ishtirokini davom ettirishni taqiqlashi mumkin.
6.14. Tashkilotchi Aksiyada firibgarlikni oldini olish uchun qo‘shimcha texnik cheklovlar kiritish huquqini o‘zida saqlab qoladi. Biron bir Ishtirokchi tomonidan haqqoniy bo‘lmagan harakatlar amalga oshirilgani ma’lum bo‘lsa, Ishtirokchi Aksiyadan chetlashtiriladi. Tashkilotchi o‘zida mavjud texnik imkoniyatlardan kelib chiqqan holda, amaldagi O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi va ofertaga asoslanib Aksiyada ishtirokning haqqoniyligini baholaydi.
6.15. Aksiya o‘tkazilgandan so‘ng g‘olib barcha savollar bo‘yicha quyidagi telefon raqamiga murojaat qilishi mumkin: 1339;
6.16. Agar biror bir sababga ko‘ra, shu jumladan kompyuter viruslari bilan zararlanganligi sababli, avtomatik bank tizimidagi, mobil aloqa tizimidagi xatoliklar sababli, defektlar, noqonuniy aralashuv, falsifikatsiya, texnik nosozliklar yoki Tashkilotchi nazorat qila olmaydigan boshqa sabab tufayli Aksiyaning halolligi, haqqoniyligi, xavfsizligi yoki to‘g‘ri o‘tkazilishiga ta’sir o‘tkaziladigan yoki buziladigan bo‘lsa va Aksiya rejalashtirilganiday o‘tkazilishi mumkin bo‘lmasa, Tashkilotchi o‘z shaxsiy qarori asosida Aksiyani yakunlashi, uning vaqtini o‘zgartirishi yoki vaqtincha to‘xtatib turishi mumkin. Tashkilotchi Aksiyaga tegishli barcha o‘zgarishlar va boshqa informatsion materiallar haqida reklama-informatsion materiallarni joylashtirish yo‘li bilan (reklama video va audio roliklar) ijtimoiy tarmoqlardagi kanal va sahifalarida:
yoki Tashkilotchi tanloviga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasining milliy yoki mintaqaviy telekanallaridan birida, boshqa internet – saytlarda, O‘zbekiston Respublikasining radiostansiyalarida, tashqi reklama orqali va savdo ko‘ngilochar markazlardagi reklama qilish orqali e’lon qiladi.
6.17. Aksiya Ishtirokchisi yoki uni kuzatib keluvchi hamrohi bilan sovrinli o‘yin yoki taqdirlash marosimiga kelish vaqtida yuz berishi mumkin bo‘lgan barcha noxush holatlar, baxtsiz hodisalar va boshqa salbiy holatlar uchun Tashkilotchi javobgar emas.
6.18. Aksiya o‘tkazilishi bilan bog‘liq barcha bahslar Tashkilotchi va Ishtirokchi o‘rtasida muzokara yo‘li bilan hal etiladi. Agar o‘zaro kelishuvga erishish imkoni bo‘lmasa, bahs O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi asosida Sud tartibida ko‘rib chiqiladi.
6.19. Ofertada nazarda tutilmagan barcha holatlarda Aksiya Ishtirokchisi va Tashkilotchisi O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga asoslanadi.