ASKO blogi

Zahira shinalari: To'g'ri tanlash va foydalanish bo'yicha maslahatlar

Ko‘pchilik haydovchilar zaxira shinani faqat asosiy shinalar ishdan chiqqanda eslashadi. Biroq, noto‘g‘ri tanlangan yoki eskirgan zaxira shina avtomobilning boshqaruvi va xavfsizligiga sezilarli darajada ta’sir qilishi mumkin. Ushbu maqolada zaxira shinalarning turlari, ularni tanlash mezonlari, va to‘g‘ri foydalanish bo‘yicha tavsiyalar haqida so‘z yuritamiz.

1. Zaxira shinalarning turlari

Zaxira shinalar quyidagi turlarga bo‘linadi. Har bir turning o‘z yutuqlari va kamchiliklari mavjud bo‘lib, mashinangiz va mashina minish odatlaringizga qarab sizga qaysi biri mos tushishini aniqlab olishingiz mumkin:

A. To‘liq o‘lchamli zaxira shina

Ushbu shinalar asosiy shinalar bilan bir xil bo‘lgani uchun avtomobil boshqaruvi o‘zgarmaydi. Bir marta almashtirilganidan so'ng, behavotir uzoq muddat foydalanish mumkin. Bu turdagi shinalar bagajda ko‘proq joy egallaydi va og‘irligi sababli yonilg‘i sarfini oshirishi mumkin. Uzoq muddat yo’lda yuruvchi haydovchilar uchun ushbu shinalar eng yaxshi tanlov bo’la oladi.

B. Kichik o‘lchamli (donut yoki temporary) zaxira shina

Donut shinalar yengil va kichik o'lchamda bo'lib, avtomobilda olib yurish uchun kam joy egallaydi. Asosan, kichik masofalarda yoki shahar ichidagi yo'l uchun ma'qul keladi, shinalaringizdan biri ishdan chiqganida tezda va qisqa vaqtga yangi shina qo'yish lozim bo'lsa ushbu zaxira shinalar eng yaxshi yechim.

C. Run-flat shinalar

Ushbu turdagi shinalarning boshqalaridan farqli tomoni ular teshilgandan keyin ham 80 km masofagacha harakatlana oladi. Ixcham shakli tufayli avtomobilda minimal joy egallaydi. Ushbu hususiyatlari sabab ularning narxi qimmatroq bo'lishi mumkin.

2. Zaxira shina tanlashda nimalarga e’tibor berish kerak?

Avtomobil qo‘llanmasini ko'rib chiqing va ishlab chiqaruvchi tomonidan tavsiya etilgan o‘lcham va turga suyaning. Siz tanlagan shinaning o‘lcham va yuk ko‘tarish qobiliyati asosiy shinalar bilan mos bo‘lishi nazoratni ushlash uchun muhim. Har oy zaxira shinadagi havo bosimini tekshirib turing, sizga kerak bo'lgan vaqtda zaxira shina mukammal holatda bo'lishi kerak. Shuningdek, ishlab chiqarilgan sanasi 6 yildan oshgan zaxira shinalarni almashtirish tavsiya etiladi.

3. Zaxira shina ishlatilganda nimalarga e’tibor berish kerak?

Tezlik va masofa chegaralariga rioya qiling – Kichik o‘lchamli zaxira shinalar uzoq masofalar uchun emas.

Barcha shinalarni bir xil sharoitda saqlang – Juda issiq yoki sovuq muhit shinalarning sifatsizlanishiga olib kelishi mumkin.

Muntazam tekshiruv – Har oy yoki har 10,000 km yurgandan keyin shinalarni ko‘zdan kechiring.

Xulosa

To‘g‘ri tanlangan va parvarishlangan zaxira shina yo‘lda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarda sizni qutqarishi mumkin. Shu sababli, avtomobilingizga mos variantni tanlab, uni doimo yaxshi holatda saqlash muhimdir. ASKO tarmoqli do’konlari yuqorida keltirilgan turlardagi zaxira shinalarni taklif qiladi, yo’lingiz davomida barcha filiallarimizdan o’zingizga mosini tanlab olishingiz mumkin. ASKO haqida ko’proq bilib olish uchun ma’lumotnomani to’ldiring va biz sizga aloqaga chiqamiz!