Tez-tez tormoz bosish va kuchli startlar: shinalarga yashirin zarar
Shinalarning eskirishi — faqat yurgan masofaga bog‘liq emas. Ko‘plab haydovchilar bilmagan holda, aynan o‘z haydash uslubi bilan shinalarni erta yaroqsiz holga keltiradi. Ayniqsa tez-tez "gazni bosish" va to‘satdan tormoz bosish bu jarayonni ancha tezlashtiradi.
Shinalarga qanday zarar yetadi?
1. Tezkor startlar (tezlikni birdan oshirish):
– Harakatga tushganda kuchli moment shinaning faqat markaziy qismiga bosimni oshiradi.
– Natijada shina o‘rtasi tengsiz eskiradi — bu "kupol" ko‘rinishini hosil qiladi.
– Elektromobillarda bu holat ayniqsa tez yuz beradi, chunki motor momenti darhol yuqoriga ko‘tariladi.
2. Keskin tormoz bosish:
– Shinalar sirpanadi, natijada protektor naqshlari qirrasi buziladi ("feathering" deb ataladi).
– Bu yurish paytida g‘alati shovqin, vibratsiya va uzoq masofali to‘xtashga olib keladi.
3. Sport rejimida haydash:
– Ko‘plab avtomobillar sport rejimida keskin akseleratsiya beradi. Bu esa shinalarda ortiqcha ishqalanish va qizishga olib keladi.
– Qizigan shina esa tezroq yemiriladi va issiqlikka chidamlilik xususiyatini yo‘qotadi.
Nima qilish kerak?
Barqaror harakatlaning. Gaz va tormozni asta-sekin bosish shinalarning xizmat muddatini 20–25% gacha oshiradi.
Yumshoq tormozlang. Oldindan masofa saqlang va oldindan to‘xtashga tayyorlaning.
Avtomobil rejimlarini ehtiyotkorlik bilan tanlang. Sport rejimi faqat kerakli holatlarda ishlatilishi kerak — kundalik haydov uchun emas.
Xulosa:
Shinalar — avtomobilning yagona yo‘lga tegib turadigan nuqtasi. Ularni ehtiyot qilish — nafaqat xarajatni kamaytiradi, balki xavfsizlikni ta’minlaydi. ASKO do‘konlaridan mashinangiz uchun eng yaxshi shinalarni ko‘ring. Biz haqimizda ko‘proq bilish olish uchun quyidagi ma’lumotnomani to‘ldiring.