ASKO blogi

Shinaning tekislanishi (Flat-Spotting) – nima va qanday qilib uni oldini olish mumkin?

Agar avtomobil uzoq vaqt harakatsiz tursa yoki havo harorati keskin pasaysa, shinalar vaqtincha “tekislanib” qolishi mumkin. Zamonaviy shinalarda protektor ostida maxsus neylon qatlami mavjud bo‘lib, mashina to‘xtab turganda, yerga tegib turgan qismi yassilanadi. Agar avtomobil uzoq vaqt harakatsiz qolsa yoki shina issiqdan sovuqqa o‘tgan bo‘lsa, neylon bu shaklga vaqtincha moslashadi.

Uning alomatlari nima?

Avtomobilni harakatga keltirganingizda, tekislangan qismi doirasimon emasligi sababli, mashina titray boshlaydi. Buni rulda va butun mashinada sezish mumkin. Yaxshiki, harakat davomida shinalar isiydi va aylanish orqali neylon qatlam avvalgi shakliga qaytadi. 20 daqiqa mobaynida magistral tezligida yurish, odatda, muammoni hal qiladi.

Shinalarning tekislanishini qanday oldini olish mumkin?

Garchi bu vaqtinchalik muammo bo‘lsa-da, uning oldini olish uchun quyidagilarni bajaring:

  • Shinalarni tavsiya etilgan bosimda saqlang, ortiqcha shishirmang.

  • Avtomobilni muntazam harakatlantiring.

  • Agar uzoq vaqtga mashinani qo‘yish kerak bo‘lsa, maxsus shinalarni saqlash qoida lariga rioya qiling.

Tekislanishning boshqa turlari

1. Tormozlanish natijasida yuzaga keladigan tekislanish – Qattiq tormoz bosilganda protektorning bir qismi ortiqcha yeyilib, tekislanishi mumkin. Bu sezilarli titrashga olib keladi va yo‘qolishi uchun minglab kilometrlar kerak bo‘lishi mumkin.

2. Saqlash sababli paydo bo’ladigan tekislanish – Agar shinalar uzoq vaqt harakatsiz, ortiqcha shishirilgan holatda va issiq sharoitda saqlansa, ular yarim doimiy tekislanishi mumkin. Bu ham yo‘qoladi, lekin odatiy tekislanishga qaraganda ko‘proq vaqt talab qiladi. Agar shinalardagi titrash uzoq vaqt davom etsa, texnik xizmat ko‘rsatish markaziga murojaat qilish tavsiya etiladi.

ASKO tarmoqli do’konlari mustahkam va ishonchli shinalarni taklif qiladi, yo’lingiz davomida barcha filiallarimizdan o’zingizga mosini tanlab olishingiz mumkin. ASKO haqida ko’proq bilib olish uchun ma’lumotnomani to’ldiring va biz sizga aloqaga chiqamiz!