Shinalar avtomobil xavfsizligi va samaradorligining asosiy elementlaridan biridir. Ular muntazam parvarish talab qiladi, ayniqsa, O‘zbekiston yo‘llarining holatini inobatga olsak. Shuning uchun, 5,000 / 10,000 / 15,000 km oralig‘ida amalga oshiriladigan texnik ko‘rik va xizmatlar haqida to‘liq tushuncha berish muhim.
5,000 km: Boshlang‘ich nazorat va muvozanat
Nima qilish kerak:
Nega muhim: Balans va bosimning erta aniqlanishi yoqilg‘i sarfini kamaytiradi va shinalarning ishlash muddatini uzaytiradi.
10,000 km: Rotatsiya (perekidka) va teshilishdan keyingi baholash
Nima qilish kerak:
Nega muhim: Perekidka qilish orqali shinalar bir maromda eskiradi, bu esa rul boshqaruvi, barqarorlik va tormoz yo‘lini optimallashtiradi.
Shuningdek, ASKO mijozlari har 10,000 kilometrda istalgan filiallarimizga tashrif buyurib, bepul perekidka qilish imkoniga egalar.
15,000 km: Kengaytirilgan diagnostika va kelgusi bosqichga tayyorgarlik
Nima qilish kerak:
Nega muhim: Yuqori kilometrajda ishlatilgan shinalar to‘xtash masofasini uzaytiradi va favqulodda vaziyatlarda nazoratni yo‘qotish xavfini oshiradi.
Xulosa
Shinalaringizni tekshirtirib turish juda muhim, agarda ASKO mijozi bo’lsangiz sizda ustunlik mavjud bo’ladi: har 10,000 kilometrda filiallarimizga tashrif buyurib shinalaringizni perekidka qiling. ASKO haqida ko’proq bilib olish uchun quyidagi ma’lumotnomani to’ldiring.
5,000 km: Boshlang‘ich nazorat va muvozanat
Nima qilish kerak:
- Balans tekshiruvi: Dastlabki kilometrlar davomida g‘ildiraklar notekis eskirishni boshlaydi. Balans buzilishi tebranish va noto‘g‘ri rul boshqaruviga olib keladi.
- Tashqi ko‘rik: Yoriqlar, qirralardagi zarba izlari, mix yoki o‘tkir buyumlardan shikastlanishlarni aniqlash.
- Bosim nazorati: Har bir shinaning to‘g‘ri bosimda ishlayotganiga ishonch hosil qilish. Bosimni har 2 haftada kamida bir marta tekshirish tavsiya etiladi.
Nega muhim: Balans va bosimning erta aniqlanishi yoqilg‘i sarfini kamaytiradi va shinalarning ishlash muddatini uzaytiradi.
10,000 km: Rotatsiya (perekidka) va teshilishdan keyingi baholash
Nima qilish kerak:
- Shinalarni rotatsiya qilish: Old va orqa shinalar bir xilda eskirmaydi. Har 10,000 km da shinalarning joyi almashtirilsa, ularning umrini 20–30% ga oshirish mumkin.
- Yamalgan joylar nazorati: Agar oldingi 5,000 km davomida teshilish yoki ta’mirlangan nuqtalar bo‘lsa, ularni qayta ko‘zdan kechirish zarur.
- Disk va ventillar holatini tekshirish: To‘g‘ri montaj va havo sizib chiqmasligiga ishonch hosil qilish.
Nega muhim: Perekidka qilish orqali shinalar bir maromda eskiradi, bu esa rul boshqaruvi, barqarorlik va tormoz yo‘lini optimallashtiradi.
Shuningdek, ASKO mijozlari har 10,000 kilometrda istalgan filiallarimizga tashrif buyurib, bepul perekidka qilish imkoniga egalar.
15,000 km: Kengaytirilgan diagnostika va kelgusi bosqichga tayyorgarlik
Nima qilish kerak:
- Protektor chuqurligini o‘lchash: Qonuniy minimum ko‘pincha 1.6 mm bo‘lsa-da, xavfsiz harakat uchun 3 mm dan past bo‘lmagan chuqurlik tavsiya etiladi.
- G‘ildirak mosligini tekshirish: Notekis protektor eskirishi yoki rulning yon tomonga tortishi kuzatilsa, moslama sozlanishi kerak.
- Yangi shina ehtiyoji bahosi: Agar shinalar 15,000 km dan ortiq ishlatilgan bo‘lsa va bir necha bor yamalgan bo‘lsa, ularni almashtirish haqida o‘ylash kerak.