ASKO blogi

Shinangiz ustidagi raqamlar nimani anglatadi?

Shinangiz ustidagi raqamlar nimani anglatishini hech o’ylab ko’rganmisiz? Bular shunchaki chiroyli ko’rinish uchun yozilmagan. Shinalardagi raqamlar va belgilar ularning o‘lchami, imkoniyatlari, va texnik xususiyatlarini bildiradi. Masalan, kompaniyamizning GRENLANDER turkumidagi shinasining yon tomonidagi 255/55 R19 111V kabi yozuvni ko‘rib chiqamiz:

1. Kenglik (255)

Shinaning kengligi, millimetrda o‘lchanadi. Bu yerda 255 mm shina kengligini bildiradi.

2. Profil balandligi (55)

Bu ko‘rsatkich shina balandligi va kengligining nisbatini foizda ifodalaydi. Masalan, 55 degani, shina balandligi uning kengligining 55% ini tashkil etadi.

3. "R" belgisi

Bu belgi shina turini anglatadi:
  • R – Radial konstruktsiya (eng keng tarqalgan turi).
  • Agar "R" bo‘lmasa, bu diagonal konstruktsiyani bildirishi mumkin, lekin hozirgi avtomobillarda deyarli ishlatilmaydi.

4. Disk diametri (19)

Bu shina o‘rnatiladigan disk diametrini, dyuymlarda o‘lchab ko‘rsatadi. Masalan, 19dyuym = 48sm.

5. Yuk indeksi (111)

Shinaning maksimal yuk ko‘tarish imkoniyatini bildiradi. Bu yerda 111 degan ko‘rsatkich shinaning 1 090 kg yuk ko‘tara olishini anglatadi.

6. Tezlik indeksi (V)

Bu belgi shinaning maksimal harakatlanish tezligini bildiradi.
  • Masalan, V degani, shina maksimal 240 km/soat tezlikda yura oladi.

Agar shina o’lchami noto’g’ri tanlansa nima bo’ladi?

  1. Muvozanat yo’qoladi.
  2. Yonilg‘i sarfi oshadi.
  3. Tormozlanish masofasi uzoqlashadi.
O‘lcham (masalan, 255/55 R19) avtomobilning texnik xususiyatlariga mos bo‘lishi kerak. Ushbu raqam va belgilar shinaning mosligini, ishlash imkoniyatlarini va xavfsizlik talablarini aniqlashda yordam beradi.
To‘g‘ri shinalar nafaqat avtomobilning samarali ishlashini ta’minlaydi, balki yo‘lda xavfsizlikni ham oshiradi. Shuning uchun shinalarni tanlashda ushbu ma’lumotlarni hisobga olish har bir haydovchining vazifasidir. Agarda siz hali ham qanday o’lchamdagi shinalarni tanlash kerakligi haqida ikkilanayotgan bo’lsangiz ASKOning respublikamizdagi deyarli har bir hududdagi filiallaridan biriga tashrif buyuring. Bizning mutaxasislarimiz sizning mashinangiz parametrlariga ko’ra eng to’g’ri taklifni berishadi.